«Manchester Yunayted» Orelyen Tchuamenining agentlari bilan muzokara o‘tkazdi

  • Mr.NoBoDy25.06.2026 03:39
  • 21
  • 30

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni shu yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Indykaila News nashrining tarqatgan xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. 23 iyun kuni «qizil iblislar» vakillari Londonda futbolchining agentlari bilan uchrashuv o‘tkazishgan. Tomonlar yarim himoyachining ehtimoliy transferi shartlarini muhokama qilishgan.

Ma’lumot uchun, Orelyen Tchuameni 2022 yili 80 million yevro evaziga «Monako»dan «Real»ga ko‘chib o‘tgan edi. Uning «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Fransiyalik futbolchi yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumda madridliklar safida barcha musobaqalarda jami 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar