Krishtianu Ronaldu 6 ta JCHda gol urgan ilk futbolchiga aylandi

  • Mr.NoBoDy 23.06.2026 22:55
  • 59824
  • 30

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi jahon chempionati "K" guruhi 2-turida O‘zbekistonga qarshi bahsda hisobni ochdi.

41 yoshli futbolchi uchun bu jahon chempionatlarida gol urgan oltinchi turnir bo‘ldi. Shu tariqa Ronaldu mundiallar tarixida oltita turli jahon chempionatida gol urgan birinchi futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.

Portugaliyalik yulduz 2006 yilgi jahon chempionatida oltita o‘yinda bir gol urgan. 2010 yildagi mundialda to‘rtta uchrashuvda bir bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. 2014 yildagi turnirda uch o‘yinda bir gol muallifi bo‘lgan.

Rossiyada o‘tgan 2018 yilgi jahon chempionatida Ronaldu to‘rtta bahsda to‘rtta gol urgan bo‘lsa, 2022 yilgi mundialda besh o‘yinda bir marta gol kiritgan edi.

O‘zbekistonga qarshi bahsdagi gol esa uning jahon chempionatlarida gol urgan oltinchi turniri sifatida tarixga kirdi.

Qizig‘i, oltita jahon chempionatida ishtirok etgan ikkinchi futbolchi Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi hisoblanadi. Biroq argentinalik yulduz 2010 yilgi mundialni golsiz yakunlagani uchun bu ko‘rsatkich bo‘yicha Ronaldudan ortda qolmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar