Skaloni JCH haqida: "Finalga munosib jamoalar chiqdi"

  • Mr.NoBoDy 19.07.2026 03:11
  • 3330
  • 30

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Jahon chempionati finalchilari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ispaniya va Argentina 19 iyul kuni AQSHda hal qiluvchi bahsni o‘tkazadi.

«Futbol — bu to‘p bilan o‘ynaladigan o‘yin. Men o‘z vaqtida to‘p bilan ishlashda unchalik yaxshi emasdim va buning uchun jazo olishga to‘g‘ri kelgan. Yuz yil o‘tsa ham, jismoniy holat muhimligicha qolsa-da, baribir to‘p har narsadan muhimroq bo‘lib qolaveradi.

Menimcha, finalga ikkalasi ham shunga munosib bo‘lgan jamoalar chiqdi», — dedi Skaloni.