Qiziq fakt. Ronaldu va Messi bir xil natija qayd etishdi

  • Mr.NoBoDy 23.06.2026 23:55
  • 148
  • 30

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi jahon chempionati K guruhi 2-turida O‘zbekistonga qarshi o‘yinda ikki bor gol urib, yana bir tarixiy natijaga erishdi.

Ma’lum qilinishicha, Ronalduning jahon chempionatlarida birinchi goli bilan oxirgi goli o‘rtasida 20 yil 6 kun vaqt o‘tgan. U ilk bor mundialda 2006 yil 17 iyun kuni Eron darvozasiga gol urgan bo‘lsa, 2026 yil 23 iyun kuni O‘zbekistonga qarshi bahsda dubl qayd etdi.

Shu tariqa portugaliyalik yulduz jahon chempionatlari tarixida birinchi va oxirgi gollar orasidagi eng uzoq vaqt bo‘yicha rekord o‘rnatdi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi bilan tenglashdi. Messining birinchi goli 2006 yil 16 iyun kuni Serbiyaga qarshi o‘yinda, oxirgisi esa 2026 yil 22 iyun kuni Avstriyaga qarshi bahsda qayd etilgan.

Jahon chempionatlari tarixida ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yaxshi natijalar quyidagicha ko‘rinish olgan:

— 20 yil 7 kun — Krishtianu Ronaldu (2006 yil 17 iyun, Eronga qarshi — 2026 yil 23 iyun, O‘zbekistonga qarshi)
— 20 yil 7 kun — Lionel Messi (2006 yil 16 iyun, Serbiyaga qarshi — 2026 yil 22 iyun, Avstriyaga qarshi)
— 12 yil 40 kun — Miroslav Kloze (2002–2014)
— 12 yil 19 kun — Mikael Laudrup (1986–1998)
— 12 yil 13 kun — Ivisa Olich (2002–2014)

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar