JCH-2026. Portugaliya milliy jamoasi bor alamini O‘zbekistondan oldi

  • Mr.NoBoDy 24.06.2026 00:22
  • 1437
  • 30

2026 yilgi jahon chempionati "K" guruhi 2-turi doirasida Portugaliya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

AQSHning Xyuston shahridagi "En-Er-Ji Stedium" stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Portugaliya terma jamoasi 5:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi. Uchrashuvni marokashlik hakam Jalol Jayed boshqardi.

O‘yinni Portugaliya yetakchisi Krishtianu Ronaldu juda faol boshladi — u 6-daqiqada hisobni ochdi. 17-daqiqada Nunu Mendesh jarima zarbasidan aniq zarba yo‘llab, ustunlikni ikki baravarga oshirdi.

29-daqiqada O‘zbekiston himoyachisi Azizjon G‘aniyev urgan gol VAR tekshiruvidan so‘ng, Abbosbek Fayzullayev tomonidan qoidabuzarlik qayd etilgani sababli bekor qilindi.

Birinchi bo‘lim oxirida Ronaldu o‘zining ikkinchi golini urdi va dubl muallifiga aylandi. 60-daqiqada O‘zbekiston darvozaboni Abduqodir HUsanov avtogol qayd etdi. 87-daqiqada Rafael Leau uchrashuvning yakuniy hisobini belgiladi — 5:0.

2-turdan so‘ng Portugaliya 4 ochko bilan guruh jadvalini boshqarmoqda. O‘zbekiston esa ochko jamg‘armagan holda 4-o‘rinda bormoqda.

3-turda Portugaliya Kolumbiyaga qarshi, O‘zbekiston esa Kongo DR bilan kuch sinashadi.

Jahon chempionati–2026. "K" guruhi. 2-tur
23 iyun 2026 yil, seshanba
Xyuston (AQSH). “En-Er-Ji Stedium”
Hakam: Jalol Jayed (Marokash)
Portugaliya — O‘zbekiston — 5:0
Gollar: 1:0 — Ronaldu (6’), 2:0 — Mendesh (17’), 3:0 — Ronaldu (39’), 4:0 — Ne]matov (60’, avtogol), 5:0 — Leau (87’)
VAR: — 29’ — Azizjon G‘aniyevning goli bekor qilindi (Fayzullayev qoidabuzarligi)

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar