
Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) 2026 yilgi jahon chempionati pley-off bahslarida penaltilar seriyasini o‘tkazish tartibiga o‘zgartish kiritishni rejalashtirmoqda.
Ma’lum qilinishicha, tashkilot Xalqaro futbol assosiasiyalari kengashi (IFAB)ga amaldagi qoidani o‘zgartirish bo‘yicha murojaat qilgan. Yangi taklifga ko‘ra, penaltilar seriyasi oldidan faqat bir marta qur’a tashlanadi.
Qur’ada g‘olib chiqqan jamoa birinchi bo‘lib zarba berish yoki qaysi darvoza tomon penalti tepishni tanlash huquqiga ega bo‘ladi. Mag‘lub bo‘lgan jamoa esa qolgan variantni tanlaydi.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 pley-off bosqichi 28 iyun kuni start oladi. Ayni paytga kelib Germaniya, AQSH, Meksika va Argentina terma jamoalari 1/16 final yo‘llanmasini kafolatlab bo‘lishgan.