
Ayni daqiqalarda 2026 yilgi jahon chempionati "K" guruhi 2-turidan o‘rin olgan Portugaliya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuv AQSHning Xyuston shahridagi "En-Er-Ji Stedium" stadionida o‘tkazilmoqda. Bosh hakam sifatida marokashlik Jalol Jayed ishlamoqda.
Hozircha hisob Portugaliya terma jamoasi foydasiga — 2:0.
Uchrashuvning 29-daqiqasida O‘zbekiston himoyachisi Azizjon G‘aniyev raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Biroq VAR tizimi orqali vaziyat qayta ko‘rib chiqilgach, Abbosbek Fayzullayev tomonidan qoidabuzarlik qayd etildi va gol hisobga olinmadi.
Bunga qadar Portugaliya hisobni 6-daqiqada Krishtianu Ronalduning goli orqali ochgan bo‘lsa, 17-daqiqada Nunu Mendesh jamoasining ustunligini ikki baravarga oshirgan edi.