«Fenerbaxche» Grinvud bilan kelishuvga erishdi, biroq...

  • Mr.NoBoDy25.06.2026 03:13
  • 15
  • 30

Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi «Marsel» hujumchisi Meyson Grinvud transferi ustida faol ish olib bormoqda. Bu haqda nufuzli L'Équipe nashri xabar tarqatdi.

Istanbul klubi rahbariyati 24 yoshli ingliz futbolchisi va uning vakillari bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan. «Fenerbaxche» futbolchiga moliyaviy jihatdan juda manfaatli taklif tayyorlagan va uni joriy yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko‘rmoqda.

Biroq Fransiyaning «Marsel» klubi bilan muzokaralar ancha murakkab tus olgan. Turkiya tomoni hujumchi uchun 30 million yevro va bonuslar to‘lashga tayyor. Fransuzlar esa o‘z yulduzini 50–55 million yevroga baholamoqda va narxni tushirish niyatida emas.

Qayd etish joizki, Meyson Grinvudga bo‘lgan qiziqish faqatgina Turkiya klubi bilan cheklanib qolmayapti. Futbolchining atrofidagi vaziyatni Madridning «Atletiko», Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» hamda Italiyaning «Roma» klublari ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar