Anderson APL uchun rekord darajadagi mablag‘ evaziga «Manchester Siti»ga o‘tadi

  • Mr.NoBoDy25.06.2026 03:26
  • 12
  • 30

«Nottingem Forest» hamda Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Elliot Anderson 150 million yevro evaziga «Manchester Siti» futbolchisiga aylanadi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatdi.

Agar ushbu transfer amalga oshsa, Andersonning «shaharliklar» lageriga ko‘chib o‘tishi butun Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng qimmat xarid bo‘ladi.

Elliot Anderson hozirda 23 yoshda bo‘lib, u yakunlangan mavsumda «Nottingem Forest» safida barcha musobaqalarda jami 50 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yosh markaziy yarim himoyachi bundan ikki yil avval, ya’ni 2024 yilda «Nyukasl» klubidan 41 million yevro evaziga «o‘rmonchilar» safiga kelib qo‘shilgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar