«Chelsi» «Kristal Pelas» himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlamoqda

  • Mr.NoBoDy25.06.2026 03:13
  • 9
  • 30

Londonning «Chelsi» klubi himoya chizig‘ini kuchaytirish harakatlarini davom ettirmoqda va «Kristal Pelas» a’zosi Maksans Lakruani sotib olish variantini ko‘rib chiqyapti.

Mashhur insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, «ko‘klar» 26 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha dastlabki muzokaralarga kirishgan. Avvalroq, ushbu transfer qiymati taxminan 40 million yevroni tashkil qilishi mumkinligi xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, Lakrua 2024 yildan buyon «Kristal Pelas» sharafini himoya qilib kelmoqda. U ingliz klubiga Germaniyaning «Volfsburg» jamoasidan ko‘chib o‘tgan edi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan. Fransiyalik himoyachi yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda jami 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar