Romanyoli «Lasio»ni tark etib, «As-Sadd» bilan shartnoma imzoladi

  • Mr.NoBoDy25.06.2026 01:00
  • 9
  • 30

Himoyachi Alessio Romanyoli rasman «Lasio»ni tark etdi va faoliyatini Qatarning «As-Sadd» klubida davom ettiradi.

Taniqli insayder-jurnalist Janluka di Marsioning ma’lumotiga ko‘ra, 30 yoshli italiyalik futbolchi Qatar klubi bilan allaqachon shartnoma imzolab bo‘lgan. Yaqin soatlar ichida u tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Romanyoli so‘nggi 4 mavsumni «Lasio»da o‘tkazdi va Maurisio Sarri qo‘l ostida himoya chizig‘ining asosiy figuralaridan biri edi. Ortda qolgan 2025/2026 yilgi mavsumda u barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushdi (A Seriyada 32 ta va Italiya Kubogida 5 ta) va 1 ta gol urdi — ushbu yagona golini Kubok yarim finalining javob bahsida «Atalanta» darvozasiga kiritgandi.

Boshqa manbalarning xabar berishicha, ushbu transfer uchun «Lasio» taxminan 3 million yevro tovon puli oladi, Romanyolining yangi klubidagi yillik maoshi esa 6 million yevroni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar