Brunu Fernandesh Saudiya taklifini rad etdi va «Manchester Yunayted»da qoladi

  • Mr.NoBoDy24.06.2026 22:52
  • 6
  • 30

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh o‘z kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qildi.

Jurnalist Ben Jeykobs ma’lumotiga ko‘ra, 31 yoshli yarim himoyachiga Saudiya Arabistoni klublari tomonidan qiziqish bo‘lgan. Biroq portugaliyalik futbolchi hozirgi jamoasida qolishga qaror qildi.

— Fernandesh 100 foiz «Manchester Yunayted»da qoladi, — deya ta’kidladi insayder.

O‘tgan mavsumda Brunu «Manchester Yunayted» safida barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 35 million yevro deb baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Brunu Fernandesh Portugaliya milliy terma jamoasi safida JCH-2026 bahslarida ishtirok etmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar