Nima uchun Anderson haligacha «Manchester Siti»ga o‘tmadi: sababi ma’lum bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy22.06.2026 20:00
  • 48
  • 30

«Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Andersonning shu vaqtgacha «Manchester Siti»ga o‘tishi rasman yakunlanmagani sabablari ma’lum bo‘ldi. Avvalroq klublar 23 yoshli futbolchining transferi borasida to‘liq kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.

Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning ta’kidlashicha, transferning kechikishi «o‘rmonchilar»ning moliyaviy rejalari bilan bog‘liq. «Nottingem Forest» klubi rahbariyati keyingi mavsum uchun moliyaviy byudjetni shakllantirish doirasida Andersonning sotuvini iyul oyida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazishni istamoqda. Shunga qaramay, transfer Jahon chempionati yakuniga yetguniga qadar amalga oshishi istisno etilmayapti. Futbolchi tibbiy ko‘rikdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQSHda (mundial o‘tkazilayotgan joyda) o‘tishi mumkin.

Ortda qolgan mavsumda Anderson barcha musobaqalarni hisobga olgan holda jami 50 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U o‘z hisobiga 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar