Gordon "Barsa"ga qanchaga tushgani aytildi

  • Mr.NoBoDy25.06.2026 19:13
  • 12
  • 30

Yarim himoyachi Entoni Gordon "Nyukasl"dan "Barselona"ga o‘tdi.

Mundo Deportivo nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Kataloniya klubi ingliz futbolchisining transferi uchun kafolatlangan 70 million yevro to‘lagan. Yana 10 million yevroni "qarg‘alar" bonuslar tariqasida olishlari mumkin. Bonuslarning 5 million yevrosi Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasidagi g‘alaba kabi sovrinlarga bog‘langan. Gordon "ko‘k-anorranglilar" bilan 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

2025/26 yilgi mavsumda Entoni Gordon "Nyukasl" safida barcha turnirlarda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachi "qarg‘alar" sharafini 2023 yildan beri himoya qilib kelayotgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar