
Londonning "Tottenxem" klubi "Manchester Siti" vingeri Savio transferi ustida ishlashda davom etmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, "shporlar" haligacha "shaharliklar" bilan kelishuvga erisha olishmadi, biroq harakatlarni to‘xtatishgani yo‘q. Futbolchining o‘zi esa bundan ikki hafta oldin Londonga ko‘chib o‘tishga rozilik bergan.
Yakunlangan mavsumda 22 yoshli braziliyalik futbolchi barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi, to‘rt bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va o‘z hisobiga uchta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Savioning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ekspertlari vingerni 35 million yevroga baholashmoqda.