
"Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares "Barselona"ga o‘tish fikrida qat’iy turibdi.
Mundo Deportivo nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, argentinalik futbolchining faoliyatini aynan Kataloniya klubida davom ettirishni istayotganiga to‘rtta sabab bor:
Alvares yana sovrinlar yutishni xohlaydi.
Hujumchi Diyego Simeonening himoyaviy o‘yin uslubidan asta-sekin hafsalasi pir bo‘lgan.
Forvard hujumkor futbolda o‘ynashni istaydi va bu uslubda ancha ko‘proq gol ura olishiga ishonadi.
Shuningdek, Xulian Pedri, Frenki de Yong, Fermin Lopes, Dani Olmo, Rafinya va Lamin Yamal kabi dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan birga to‘p surishni xohlaydi.
Aynan shu sabablar tufayli "Barselona"ga o‘tish Alvares uchun yagona ustuvor vazifa va orzu hisoblanadi.