Mourinyo "Real" futbolchilariga mag‘lubiyat tiladi

  • Mr.NoBoDy 25.06.2026 22:33
  • 32
  • 30

"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyo hozirda Jahon chempionatida o‘z terma jamoalari ixtiyorida bo‘lib turgan shogirdlariga mag‘lubiyat tiladi. Portugaliyalik mutaxassis "qaymoqranglilar" futbolchilari mavsum oldi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini tezroq boshlashlarini istamoqda.

"Jahon chempionatidan nima kutyapman? Men "Real" futbolchilari mag‘lub bo‘lishlarini xohlayman. Chunki ularning mavsum oldi tayyorgarlik yig‘inlariga tezroq yetib kelishlarini istayman", — deyilgan Mourinyoning videosi Reddit platformasida paydo bo‘ldi.

Joze Mourinyoning bu istagini hammadan ham tezroq yarim himoyachi Arda Gyuler "bajardi" — Turkiya terma jamoasi Jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini birinchilardan bo‘lib yo‘qotdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar