Neymar Jahon chempionati vaqtida Messi bilan ko‘p gaplashayotganini aytdi

  • Mr.NoBoDy 25.06.2026 22:33
  • 443
  • 30

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Lionel Messi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘z vaqtida Neymar va Messi "Barselona" hamda "PSJ" klublarida birgalikda to‘p surishgan.

"Leo maydondan tashqarida yanada yaxshiroq inson. U maydonda juda ajoyib, endi hayotda qandayligini tasavvur qilib ko‘ring. Shu sababli men u bilan tanish bo‘lganimdan va birga o‘ynaganimdan juda xursandman. U juda ajoyib do‘st. Biz ko‘p muloqot qilamiz, shu jumladan so‘nggi kunlarda ham gaplashdik. U uni qanchalik qadrlashimni yaxshi biladi", — deya Neymarning so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.

Eslatib o‘tamiz, Argentina va Braziliya terma jamoalari Jahon chempionati — 2026 turnirida o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egallashni kafolatlab bo‘lishgan. Braziliyaliklar bunga 3-turdan keyin erishishgan bo‘lsa, argentinaliklarga 2 ta turning o‘zi kifoya qildi. Endilikda har ikki jamoa pley-off bosqichidagi ilk raqiblari kim bo‘lishini kutishmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar