Chexiya termasi yetakchisi milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

  • Mr.NoBoDy 25.06.2026 22:56
  • 916
  • 30

Chexiya termasi hujumchisi Patrik Shik JCH–2026dagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng milliy jamoadagi faoliyatini tugatishini ma'lum qildi.

Chexlar A guruhida uchta o'yindan bir ochko to'plab, so'nggi o'rinni egalladi. Jamoa kecha guruh bosqichining so'nggi turida chexlar Meksikaga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

30 yoshli "Bayer" hujumchisi bu qarorini ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qildi.

"Bugun milliy terma jamoadagi sahifam yopiladi. Bu shoshilib qabul qilingan qaror emas. Bu haqda uzoq vaqt o'yladim va ushbu qarorga asta-sekin keldim.

Bu safar his-tuyg'ularga boy bo'ldi: quvonchlar, alamlar, g'alabalar va qiyinchiliklar. Men har doim bor kuchimni berib, mamlakatimni munosib tarzda himoya qilishga harakat qildim.

Terma jamoa safida erishgan yutuqlarimdan faxrlanaman. Ammo shu bilan birga, Chexiya futboli so'nggi yillarda ko'rsatganidan ham ko'proq narsaga qodir, degan his bor.

Biz haqiqatga tik qarashimiz va uzoq muddat davomida ishlamayotgan jihatlarni o'zgartirishimiz kerak. Bu so'zlarni g'azab yoki xafalik bilan aytmayapman. Menga Chexiya futboli befarq emas.

Meni qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga, jamoadoshlarimga va barchaga rahmat. Bu libosni kiyish men uchun katta sharaf bo'ldi", - deb yozdi Shik.

Patrik Shik 2016 yildan buyon Chexiya terma jamoasi sharafini himoya qilib kelayotganli. U milliy jamoa tarkibida 56 ta uchrashuvda ishtirok etib, 26 ta gol muallifi bo'ldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar