"Bavariya" 55 millionga himoyachi sotib olmoqda

  • Mr.NoBoDy 25.06.2026 23:24
  • 280
  • 30

"Bavariya" klubi "Ayntraxt" hamda Germaniya terma jamoasi himoyachisi Nataniel Braun transferini yakunlash arafasida.

Jurnalist Florian Plettenberg ma'lumotiga ko'ra, klublar 23 yoshli himoyachining transferi bo'yicha 55 million evro evaziga kelishuvga erishgan. Shuningdek, futbolchi bilan shaxsiy shartlar ham to'liq kelishilgan. Braun "Bavariya" bilan 2031 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolaydi.

Nataniel Braun o'tgan mavsum Bundesligada 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4tadan gol va assist amalga oshirdi.

JCH–2026 guruh bosqichining dastlabki ikki uchrashuvida esa himoyachi 1 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar