Klopp Braziliya termasi uchun ideal murabbiy kimligini aytdi

  • Mr.NoBoDy 25.06.2026 22:24
  • 287
  • 30

"Liverpul" sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Karlo Anchelottining Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganiga munosabat bildirdi.

- Anchelottining Braziliya terma jamoasidagi ishini qanday baholaysiz?

- Juda ijobiy. Agar men braziliyalik bo'lganimda va mendan terma jamoa uchun eng ideal murabbiy kim, deb so'rashsa, ikkilanmasdan Karloni tanlagan bo'lardim. U hatto qoshini bir ko'tarish bilan istalgan terma jamoani boshqara oladi.

Menimcha, Braziliya termasida juda katta salohiyat bor, ammo uni ochib berish uchun kimdir kerak. Ularga taktik intizom yetishmayapti va bu borada Karlodan munosibroq insonni topish qiyin.

Karlo - ajoyib murabbiy. Braziliyaliklarga bu borada omad kuldi, - dedi Klopp.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar