Rafinyaning rafiqasi mish-mishlarni rad etdi

  • Mr.NoBoDy 25.06.2026 21:56
  • 1012
  • 30

"Barselona" vingeri Rafinya Diasning rafiqasi Nataliya Belloli turmush o'rtog'ining moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgani haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Avvalroq Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Vampeta "Barselona" yarim himoyachisining jiddiy moliyaviy va oilaviy muammolar sababli Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishni istayotganini aytgan edi.

"Rostini aytsam, moliyaviy ahvolimiz haqida gapirishga majbur bo'layotganimni mutlaqo tushunmayman. Agar biz hozir Rafinya topayotgan mablag'ning atigi 10 foizini ishlayotganimizda ham, o'zimizni baxtli his qilardik.

Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarimda yozishni istamayman, chunki qanday jamiyatda yashashimizni yaxshi bilaman.

Agar men: "Eshitinglar, men kambag'al emasman, hali ham boyman", degan mazmunda post yozsam, meni kibrli inson deb atashadi. Bu gaplar tezda unutiladi, deb o'ylagandim, ammo bu mish-mishlar allaqachon Ispaniyagacha yetib bordi va hamma bizning moliyaviy ahvolimizni og'ir deb o'ylayapti", - dedi Belloli Daily do Garotinho nashriga.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar