
Eron milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan Belgiyaga qarshi o‘yindan (0:0) so‘ng kiyinish xonasida maxsus yozuv qoldirdi. Unda Minob shahridagi qizlar boshlang‘ich maktabiga qilingan hujum qurbonlari xotirlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH va Isroil qurolli kuchlarining raketa hamda bomba zarbalari oqibatida ushbu maktabda 168 nafar bola halok bo‘lgan. Reuters portali futbolchilar tomonidan qoldirilgan ushbu maktub matnini e’lon qildi:
“Ming yillar avvalgi qadimiy Forsdan tortib, bugungi madaniyatli Erongacha bo‘lgan davrda mamlakat ruhi hamisha barhayot va matonatli bo‘lib qolmoqda. Biz Los-Anjelesga g‘urur bilan keldik, or-nomus bilan bellashdik va bu yerdan munosib tarzda ketyapmiz. Mehmondo‘stlik uchun senga rahmat, Los-Anjeles. Shuningdek, mana shu 180 daqiqa davomida o‘z qalbi, ovozi va butun borlig‘ini Eron uchun baxshida etgan har bir eronlikka minnatdorchilik bildiramiz. Barcha xalqlar o‘rtasida doimo tinchlik, hurmat va do‘stlik hukm sursin. #168 #Minob” .

Eslatib o‘tamiz, Eron hamda Belgiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahsda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynashdi.