
Jahon chempionati-2026 guruh bosqichi "K" guruhi 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Kolumbiya o‘rtasidagi o‘yinning birinchi bo‘limi yakuniga yetdi.
Meksikaning poytaxti Mexikoda joylashgan mashhur «Asteka» stadionida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda birinchi bo‘lim yakuniga 5 daqiqa qolganida Kolumbiya terma jamoasi oldinga chiqdi.
Hisob 40-daqiqada ochildi. Kolumbiyalik himoyachi Daniel Munyos Luis Diasning uzatmasidan so‘ng darvozani ishg‘ol qildi.
Undan biroz avvalroq esa Luis Diasning zarbasidan keyin to‘p darvoza ustuniga tegib qaytgan edi.
Birinchi bo‘lim yakunlanib, jamoalar tanaffusga chiqishdi — 0:1.
Jahon chempionati-2026. "K" guruhi, 1-tur
18 iyun, 2026 yil
O‘zbekiston — Kolumbiya — 0:1 (1-bo‘limdan so‘ng)
Gol: Daniel Munyos, 40.