
Turkiya futbol federasiyasi prezidenti Ibrohim Hojiusmono‘g‘li jahon chempionatidagi omadsizlik uchun milliy terma jamoa bosh murabbiyi Vinchenso Montellani ayblamadi.
«Biz futbolchilarimiz va murabbiyimizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz bir yo‘ldan ketayotganlarimizni yo‘lda uchratganlarimizga alishtirmaymiz», — deya Hojiusmono‘g‘lining so‘zlarini keltiradi A Spor.
Turkiya guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinini AQSHga qarshi o‘tkazadi. Bu uchrashuvning turnir ahamiyati qolmagan. Amerikaliklar guruhdan chiqish vazifasini allaqachon hal qilishgan.