
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Endrik Gaiti ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) so‘ng jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining unga bo‘lgan ishonchi haqida gapirib o‘tdi.
«Men u bilan «Real»da bir yil o‘tkazdim. Maydonga tushganimda nima qilishimni u yaxshi biladi: jamoa uchun bor imkoniyatimni ishga solaman. U ajoyib, dono murabbiy. Anchelotti men yoki muxlislar uchun eng yaxshi bo‘lgan ishni qilmaydi, u jamoa uchun eng yaxshi bo‘lgan ishni qiladi.
U hayotimda borligidan minnatdorman. U har kuni harakat qilishimni, maydonda «jon berishimni» biladi... U mening ko‘p ishlayotganimni, o‘yinim esa doim ikkinchi o‘rinda turishini biladi. Murabbiy men jamoaga yordam bera olishimni juda yaxshi tushunadi. Muxlislar men uchun nimalar qilayotganini ko‘rib, ulardan juda minnatdorman.
Ko‘pgina o‘yinchilarda bo‘lgani kabi menda ham shunday tuyg‘u bor: ertaga nima bo‘lishini va futbol o‘ynay olamanmi yoki yo‘qmi, bilmayman. Shuning uchun, agar bugun maydonga tushish mening kunim bo‘lsa, bu jamoam uchun bor kuchimni beradigan va qo‘limdan kelganini qiladigan kun bo‘ladi», — dedi Endrik, uning so‘zlarini ESPN Brazil keltiradi.
Endrik jahon chempionatidagi debyutini Gaitiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi.