"Oltin to'p" sohibi: "Ronaldu O'zbekiston bilan o'yinda xet-trik qayd etsa, ajablanmayman"

  • Mr.NoBoDy 22.06.2026 11:56
  • 640
  • 30

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi, "Oltin to'p" sohibi Maykl Ouen Portugaliya terma jamoasining 41 yoshli sardori Krishtianu Ronalduni qo'llab-quvvatladi.

Ronaldu JCH-2026 startuvchi bahsida DR Kongo bilan durangdan (1:1) so'ng keskin tanqidlarga uchragan edi.

"Portugaliya o'yinidan bir kun oldin Lionel Messining xet-trik qilgani Krishtianu Ronalduga ortiqcha bosim o'tkazdi. Ammo men uning shaniga aytilayotgan tanqidlarni qabul qilmayman.

Portugaliya DR Kongoga qarshi uchrashuvda u qadar yaxshi o'yin ko'rsatmadi va bahsdan so'ng barcha aybni Ronalduga ag'darib, uni jamoa uchun muammoga aylangani haqida gapira boshlashdi.

Biroq u ma'lum manoda doim shunday o'ynamaganmi? U, ayniqsa so'nggi yillarda, o'yin davomida doimo ko'rinib turadigan futbolchi bo'lmagan. Buning evaziga u katta o'yinlarda, hal qiluvchi vaziyatlarda o'zini ko'rsatadi. Agar u gol urmasa, hamma aybni Ronalduga ag'darish juda oson. Krish 41 yoshida, tabiiyki, shubhalar ostida qoladi.

Ammo shunday gap-so'zlardan keyin u keyingi o'yindayoq hammani jim bo'lishga majbur qilgan vaziyatlar necha bor kuzatilgan? Agar siz Ronalduni maydonga tushirayotgan ekansiz, uning nima uchun u yerdaligini tushunishingiz kerak. Va agar u O'zbekistonga qarshi uchrashuvda o'z xet-triki bilan javob qaytarsa, men bundan aslo hayratlanmayman", - dedi Ouen Daily Mail nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya - O'zbekiston uchrashuvi 23 iyun kuni bo'lib o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar