"Kimning qo'li kimning cho'ntagida ekanini aytib beraman". Turkiya futbol federatsiyasi prezidenti terma jamoa mundial bilan xayrlashganidan so'ng keskin bayonot bilan chiqdi

  • Mr.NoBoDy 22.06.2026 15:48
  • 249
  • 30

Turkiya futbol federatsiyasi prezidenti Ibrohim Hojiosmono'g'li milliy terma jamoaning Jahon chempionati - 2026 dagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, Turkiya terma jamoasi dastlabki ikkala o'yinda ham imkoniyatni boy berdi - Avstraliya (0:2) va Paragvay (0:1). Natijada jamoa muddatidan oldin pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.

"Qalbidagini ochiq ayta olmaydiganlar, odatda, o'z fikrlarini satrlar orasiga yashirib, shamalar bilan gapirishadi. Orqasida yuki bor va uni elkasida ko'tarib yurgan odamlar shu yukning vazni ostida ezilib qolishadi. Ularda haqiqatda nimani o'ylayotganlarini aytish uchun jasorat yetishmaydi, shuning uchun boshqacha javob qaytarishadi. Biz esa qalbimizdagini gapirishda davom etamiz.

Yoshim 60 da. Mendan Turkiya futbolining so'nggi 40 yilidagi istalgan daqiqa haqida so'rang. Qaysi kuni, qaysi soatda kimning qo'li kimning cho'ntagida bo'lganini aytib beraman. Bu hatto milliy terma jamoaga ham tegishli. Odamlar: "Federatsiya prezidenti ham shunday gapiradimi?" deyishyapti. Ha, gapiradi. Bunga ko'nikishingizga to'g'ri keladi. Men qalbi va tili bir bo'lgan insonman. Ko'nglimda nima bo'lsa, shuni tilimga chiqaraman. Chunki mening orqamda hech qanday yuk yo'q", - dedi Hojiosmono'g'li.

Bundan avval federatsiya rahbari bosh murabbiy Vinchenco Montellani qo'llab-quvvatlashini bildirib, Turkiya tomoni dunyo birinchiligidagi omadsizlikdan keyin ustozni o'zgartirish niyatida emasligini takidlagan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar