«Bavariya» Olise bilan muzokaralarda olg‘a siljimagani yo‘q

  • Mr.NoBoDy 22.06.2026 16:11
  • 104
  • 30

Myunxenning «Bavariya» klubi rahbariyati hozircha hujumchi Maykl Olise bilan yangi shartnoma borasida kelisha olgani yo‘q. Bu haqda Kicker nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «Bavariya» haqiqatan ham Olisening atrofidagilar bilan mehnat shartnomasini uzaytirish imkoniyati yuzasidan dastlabki muloqotlarni o‘tkazgan, ammo shundan so‘ng jarayon olg‘a siljimagan. Shunga qaramay, Myunxen klubi Olise bilan shartnomani imkon qadar tezroq uzaytirishga qat’iy bel bog‘lagan. Yangi shartnomaga ko‘ra, fransiyalik futbolchining yillik maoshi 25 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumda Olise barcha turnirlarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 22 bor ishg‘ol qildi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar