
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister milliy jamoadagi 38 yoshli sherigi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
«U bilan bir jamoada o‘ynashni yaxshi ko‘raman. Bunday futbolchi boshqa bo‘lmaydi. Messi terma jamoa uchun juda muhim, u bilan birga g‘alaba qozonyapmiz. Bu futbolchiga qoyil qolaman. Undan o‘rganish juda qiyin, chunki u qilgan ishni xuddi o‘zidek takrorlay olmaysiz», — deya «Liverpul» yarim himoyachisining so‘zlarini keltiradi Goal portali.
Mundialdagi ilk uchrashuvda Argentina terma jamoasi Jazoir milliy jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Lionel Skaloni shogirdlari 3:0 hisobida yirik g‘alaba qozonishdi. Messi uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.