
"QFF Talgat Baysufinov Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimidan iste'foga chiqishga qaror qilganini xabar qiladi. Biz murabbiyning iste'fosini afsus bilan qabul qilamiz va uning qarorini hurmat qilamiz.
Uning qo'l ostida jamoa o'z kuchiga bo'lgan ishonchni qayta tikladi va FIFA reytingidagi o'rnini yaxshiladi. QFF Talgatga professionalligi, o'z ishiga sodiqligi hamda Qozog'iston terma jamoasi rivojiga qo'shgan ulkan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi va uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi", - deyiladi tashkilot bayonotida.
Baysufinov bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida 4 ta, doimiy murabbiy sifatida esa yana 4 ta o'yinda jamoani maydonga boshlab tushdi. U boshqargan 8 ta uchrashuvning 2 tasida mag'lubiyat qayd etilgan bo'lsa, 3 ta o'yin durang (jumladan, Belgiya bilan 1:1) bilan yakunlandi va 3 ta bahsda g'alaba qozonildi.