
Avvalroq ispaniyaliklar JCH-2026 "N" guruhi 2-turi doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasini mag'lub etishdi (4:0). Bu haqda Opta ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida xabar berdi.
Yamal asosiy tarkibda maydonga tushgan o'yinlarda ispaniyaliklar 15 ta g'alabaga erishib, olti marta durang qayd etishdi. "Qizil furiya" ushbu o'yinlarda 60 ta gol kiritdi, shulardan 16 tasida Yamal bevosita ishtirok etdi (beshta gol va 11 ta golli uzatma).
2-turdan so'ng Ispaniya terma jamoasi to'rt ochko jamg'arib, "N" guruhi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Saudiya Arabistoni esa bir ochko bilan to'rtinchi o'rinda joylashgan.
3-turda Ispaniya terma jamoasi Urugvay bilan (27 iyun), Saudiya Arabistoni esa shu kuni Kabo-Verde bilan bahs olib boradi.