
Braziliyalik afsonaviy futbolchi Ronaldo Lionel Messi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Jazoirga qarshi o‘yinda het-trik qayd etgan Messi Jahon chempionatlari tarixidagi gollar soni bo‘yicha Miroslav Klozening rekordini takrorladi (ikkalasida ham 16 tadan gol).
«Futbol xudolari uchun bu uning qolgan barchadan ustun ekanligini isbotlovchi statistikadir. Agar kimdir Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar unvoniga loyiq bo‘lsa, bu shubhasiz Messidir. U 38 yoshda, tavba! Men 38 yoshimda faoliyatimni yakunlaganimga to‘rt yil bo‘lgandi va vaznim 120 kilogrammni tashkil etardi», — deya Ronaldoning so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.
Dushanba kuni Argentina terma jamoasi Jahon chempionati doirasida Avstriyaga qarshi maydonga tushadi.