
Bu voqea 2026 yilgi Jahon chempionati "J" guruhi 2-turi doirasidagi Argentina va Avstriya terma jamoalari o'rtasidagi bahsda yuz berdi. O'yin AQSHning Texas shtati, Arlington shahridagi "Ey-Ti-end-Ti" stadionida bo'lib o'tmoqda. Uchrashuvni misrlik hakam Amin Omar boshqarib bormoqda. O'yinda hisob 1:0, Argentina terma jamoasi foydasiga.
Lionel Messi jahon chempionatlaridagi o'z gollari sonini 17 taga etkazib (2026 yilgi mundialda to'rtinchi gol), bu borada Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Miroslav Klozeni (16 ta gol) ortda qoldirdi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha kuchli uchlikni Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu (15 ta gol) yakunlab turibdi.