«Barselona» Harri Keynni sotib olishga urinmoqda — manba

  • Mr.NoBoDy 22.06.2026 23:11
  • 4286
  • 30

«Barselona» «Bavariya» hujumchisi Harri Keynning myunxenliklar bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralari to‘xtab qolgani fonida uni sotib olish niyatida. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Keynning nemis klubi bilan muzokaralaridagi asosiy muammo yangi mehnat shartnomasining amal qilish muddati hisoblanadi.

Kataloniyaliklar bundan foydalanib qolishni istadi va futbolchi bo‘yicha so‘rov yubordi, biroq bavariyaliklar angliyalik bilan xayrlashishdan manfaatdor emas.

Eslatib o‘tamiz, Keyn Myunxen klubi safida 2023 yilning yozidan buyon to‘p surmoqda. Amaldagi kelishuv 2027 yilda yakuniga yetadi.

O‘tgan mavsumda Harri Keyn nemis jamoasi safida barcha turnirlarda 51 ta o‘yin o‘tkazib, 61 ta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar