Messining penaltilardan foydalanish ko'rsatkichi 77,6% – 147 tadan 114 tasi. Ronalduda esa nuqtadan aniq zarbalar ko'rsatkichi yaxshiroq

  • Mr.NoBoDy 22.06.2026 23:40
  • 739
  • 30

Messi terma jamoada penaltilarni Ronalduga nisbatan ko'proq golga aylantiradi.

Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida amalga oshirilgan 31 ta penaltidan 6 tasini golga aylantira olmagan. "Inter Mayami" hujumchisi JCH-2026 doirasidagi Avstriyaga qarshi kechgan o'yinning 1-bo'limi boshida belgilangan o'n bir metrlik jarima zarbasini noaniq ijro etdi. Messi Argentina terma jamoasi safida jami 31 marta penalti tepgan va shundan 25 tasida muvaffaqiyat qozongan (foydalanish darajasi – 80,6%). Krishtianu Ronalduda esa 32 ta urinishdan 22 tasi aniq (68,8%). Faoliyati davomida Messi jami 147 ta penaltidan 114 tasini golga aylantirgan (77,6%), Ronaldu esa 219 ta urinishda 183 ta gol urgan (83,6%).

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar