
Senegal terma jamoasi himoyachisi Mussa Nyakate 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi doirasida Norvegiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan raqib hujumchisi Erling Xolandni qanday qilib to‘xtatmoqchi ekanligini tushuntirib berdi.
«Jarima maydonchasi ichida Xolandni boshqa har qanday hujumchiga qaraganda zichroq va diqqat bilan qo‘riqlashga harakat qilish kerak, chunki unga hech qanaqasiga sakrash uchun imkoniyat berib bo‘lmaydi. U raqibga qanday muammo tug‘dirishni juda yaxshi biladigan aqlli hujumchidir», — deya Nyakatening so‘zlarini keltiradi L’Équipe nashri.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki turda Holand Iroq darvozasiga dubl qayd etgan edi (4:1). Norvegiya «I» guruhida 3 ochko jamg‘ardi, Senegal esa Fransiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (1:3) hali ochko olganicha yo‘q. Norvegiya — Senegal uchrashuvi 23 iyun kuni Ist-Raterforddagi «Metlayf» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da boshlanadi.