
Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ralf Rangnik ispaniyalik vinger Lamin Yamalning iqtidoriga yuqori baho berdi. 2026 yilgi Jahon chempionatining ikkinchi turida Ispaniya terma jamoasi Saudiya Arabistonini 4:0 hisobida tor-mor etdi va Yamal ushbu o‘yinda gol muallifiga aylandi.
«Ispaniya — hech kim to‘qnash kelishni istamaydigan raqib. Bu so‘nggi yillarda futbol tarixini shakllantirgan terma jamoalardan biri. Bundan tashqari, ular safida Lamin Yamal bor — u jahon futbolining bo‘lajak superyulduzlaridan biri. Menimcha, agar u sog‘lom bo‘lsa va muvaffaqiyatdan boshi aylanib qolmasa, Lionel Messi darajasiga yeta oladi», — deya Rangnikning so‘zlarini keltiradi Goal.com.
Yamal sog‘lig‘idagi yaqinda ro‘y bergan muammolardan so‘ng, murabbiylar shtabi uning holatiga juda ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yindagi yorqin birinchi taymdan so‘ng futbolchi zaxiraga olindi, turnirning dastlabki o‘yinida esa Kabo-Verdega (0:0) qarshi u undan ham kamroq — atigi 19 daqiqa maydonda bo‘ldi.