Paketa: «Neymar hali Braziliya terma jamoasiga ko‘p narsa bera oladi»

  • Mr.NoBoDy 22.06.2026 20:11
  • 452
  • 30

Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Lukas Paketa Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turidan o‘rin olgan Shotlandiyaga qarshi o‘yin oldidan Neymarning milliy jamoa mashg‘ulotlariga qaytganiga munosabat bildirdi. Uchrashuv 25 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Neymar boldir mushagidan olgan jarohati sababli turnir startini o‘tkazib yuborgan va Marokash (1:1) hamda Gaitiga (3:0) qarshi o‘yinlar qaydnomasiga kiritilmagan edi.

«Uni yana mashg‘ulotlarda va maydonda biz bilan birga ko‘rganimizdan barchamiz juda xursandmiz. Neymar — Braziliya terma jamoasi uchun juda muhim futbolchi. Uning ushbu libosdagi faoliyati boy tarixga ega va u hali ham jamoamizga juda ko‘p narsa berishga qodir. Uning qaytganidan mamnunmiz va tez orada terma jamoaga yordam bera olishiga umid qilamiz», — dedi Paketa Shotlandiya bilan o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Ikki turdan so‘ng Braziliya 4 ochko bilan «C» guruhida peshqadamlik qilmoqda. Uchinchi turdagi g‘alaba jamoaga kvartetda birinchi o‘rinni kafolatlaydi. Agar Neymar maydonga tushishga tayyor bo‘lsa, bu uning 2023 yildan beri Braziliya terma jamoasi safidagi ilk rasmiy uchrashuvi bo‘ladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar