
Ispaniya terma jamoasi hujumchi Lamin Yamal uchrashuvning ilk daqiqalaridan maydonda harakat qilgan ketma-ket 21 ta o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmasdan kelmoqda. Bundan oldinroq ispaniyaliklar 2026 yilgi Jahon chempionati «H» guruhi 2-turi doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasini yirik (4:0) hisobda mag‘lub etgan edi. Bu haqda Opta tahliliy portali o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar tarqatdi.
Yamal boshlang‘ich tarkibda joy olgan ushbu bahslarda ispaniyaliklar 15 ta g‘alaba va 6 ta durang qayd etishgan. «Qizil furiya» mazkur o‘yinlarda raqiblari darvozasiga jami 60 ta gol urgan bo‘lsa, ularning 16 tasida bevosita Yamal ishtirok etgan (5 ta gol va 11 ta golli uzatma).
2-turdan so‘ng Ispaniya terma jamoasi 4 ochko jamg‘argan holda «H» guruhi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Saudiya Arabistoni esa 1 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
3-turda Ispaniya milliy jamoasi Urugvay bilan kuch sinashadi (27 iyun), Saudiya Arabistoni esa xuddi shu kuni Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.