Messi yana «Barselona» libosida maydonga tushishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 22.06.2026 18:44
  • 172
  • 30

Argentina terma jamoasi afsonasi Lionel Messi faoliyatini yakunlashidan oldin yana bir bor «Barselona» libosida maydonga tushishi mumkin.

El Nacional nashrining xabar berishicha, «Inter Mayami» va «Barselona» rahbariyati Joan Gamper kubogi uchun uchrashuv tashkil etish masalasini muhokama qilmoqda. Muzokaralar doirasida qiziqarli g‘oya ham ko‘rib chiqilmoqda: Messi mazkur bahsning bir bo‘limini «Inter Mayami», ikkinchi bo‘limini esa «Barselona» safida o‘tkazishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibi professional faoliyatini aynan «Inter Mayami»da yakunlashi kutilmoqda. Biroq «Barselona»ga qarshi ehtimoliy uchrashuv argentinalik yulduz uchun Kataloniya klubi bilan ramziy xayrlashuvga aylanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Messi «Barselona» asosiy jamoasida 2004 yildan 2021 yilgacha to‘p surgan. U shu davr mobaynida klub safida 778 ta rasmiy uchrashuvda qatnashib, 672 ta gol urgan va jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangan.

Shuningdek, Messi kataloniyaliklar bilan birgalikda 35 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Ular orasida Ispaniya chempionatining 10 ta, Ispaniya Kubogining 7 ta va Chempionlar ligasining 4 ta bosh sovrini bor.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar