Messi JCH-2026 doirasidagi Avstriyaga qarshi o‘yinda uchta yangi rekord o‘rnatishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 22.06.2026 20:00
  • 249
  • 30

Argentina terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichi doirasida Avstriyaga qarshi kechadigan muhim bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Argentinaliklar hujumchisi Lionel Messi ushbu uchrashuvda maydonga tushib, musobaqa tarixidagi bir nechta tarixiy natijalarni o‘zgartirib qo‘yishi kutilmoqda.

  • Ketma-ket golli o‘yinlar rekordi: Argentina terma jamoasi sardori Jyust Fonten va Jairzinyoga tegishli bo‘lgan Jahon chempionatlarida ketma-ket 6 ta o‘yinda gol urish rekordini takrorlashi uchun bor-yo‘g‘i 1 ta gol kiritishi kifoya.

  • JCH tarixidagi eng yaxshi to‘purar: Ayni damda Messi Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Miroslav Kloze bilan bir xil ko‘rsatkichga ega bo‘lib turibdi — ikkala futbolchi hisobida ham 16 tadan gol mavjud. Avstriya darvozasiga uriladigan yana bir gol Messini yakka peshqadamga aylantiradi. (Eslatib o‘tamiz, 1-turda u Jazoir bilan bahsda xet-trik qayd etgan edi).

  • Uzoq masofadan urilgan gollar rekordi: Messi tomonidan alohida rekord jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarbalar bo‘yicha ham o‘rnatilishi mumkin. Hozirda uning hisobida Jahon chempionatlarida jarima maydoni tashqarisidan urilgan 5 ta gol mavjud.

Argentina va Avstriya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da AQSHning Arlington (Dallas) shahrida start oladi. Ushbu bahsdagi g‘alaba jamoalardan biriga muddatidan oldin pley-off yo‘llanmasini taqdim etadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar