Enso Fernandes JCH-2026 ni Qatardagi turnir bilan solishtirdi

  • Mr.NoBoDy 22.06.2026 16:33
  • 34
  • 30

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enso Fernandes o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2026-yilgi jahon chempionatini 2022-yil Qatarda bo‘lib o‘tgan turnir bilan solishtirdi.

«Futbol tobora bir xil bo‘lib borayotganini his qilyapman. Bu jahon chempionati Qatardagi jahon chempionatiga qaraganda raqobatbardoshroq. Ko‘plab terma jamoalar borki, ular ajablantirmoqda va muhim rol o‘ynamoqda», – deya Fernandesning so‘zlarini keltiradi TyC Sports.

22 iyun kuni JCH-2026 guruh bosqichi J guruhi 2-turi doirasida Argentina terma jamoasi Avstriya bilan to‘qnash keladi, 3-turda esa Iordaniya bilan kuch sinashadi (28 iyun).

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar