Uotkins: «Tuxel Angliya terma jamoasi o‘yinchilariga baqirishdan qo‘rqmaydi»

  • Mr.NoBoDy 22.06.2026 16:11
  • 26
  • 30

Angliya milliy terma jamoasi hujumchisi Olli Uotkins «uch sherlar» ustozi Tomas Tuxel qo‘l ostidagi ish jarayoni haqida fikr bildirdi.

«Tuxel futbolchilarga baqirishdan qo‘rqmaydi. Bu juda talabchan mutaxassis, uning o‘z ish standartlari bor. U o‘yinchilarning shu standartlarga mos kelishini istaydi. Jamoa jahon chempionatida g‘olib chiqishni maqsad qilganida bu juda zarur. Xorvatlarga qarshi o‘yinda xatoga yo‘l qo‘yganimda, murabbiy menga baqirmaganidan omadim keldi», — deya hujumchining so‘zlarini keltiradi insayder Genri Vinter.

Jahon chempionati-2026 guruh bosqichidagi ilk uchrashuvda Angliya terma jamoasi Xorvatiyani 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Keyingi bellashuvni britanlar 23 iyun kuni Ganaga qarshi o‘tkazishadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar