Nursulton Ro‘ziboyev: «Ronalduni yaxshi ko‘raman, ammo O‘zbekistonni ko‘proq qo‘llab-quvvatlayman»

  • Mr.NoBoDy 22.06.2026 16:11
  • 24
  • 30

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev 2026 yilgi jahon chempionati doirasidagi O‘zbekiston — Portugaliya uchrashuvi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Seshanba kuni O‘zbekiston Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Sizning Krishtianu Ronaldu muxlisi ekaningizni bilamiz. Bu o‘yinda kimga muxlislik qilasiz?

— O‘zbekiston kim bilan o‘ynamasin, men doim O‘zbekistonga muxlislik qilaman. Shu bilan birga, men Krishtianuni ham yaxshi ko‘raman, ammo o‘z mamlakatimni undan ham ko‘proq qo‘llab-quvvatlayman. Men Ronalduni bolaligimdan kuzataman. Uning «Manchester Yunayted», «Real» va hozirgi «An-Nasr»dagi o‘yinlarini tomosha qilaman. Uning rekordlari, gollari hamisha diqqatim markazida. Ammo bu o‘yinda, albatta, O‘zbekiston uchun muxlislik qilaman. Agar Portugaliya guruhdan chiqsa, keyingi bosqichlarda Ronalduni qo‘llab-quvvatlayman, — dedi Ruziboyev.

Jangchidan ideal natija qanday bo‘lishi haqida ham so‘raldi.

— Demak, ideal variant — O‘zbekiston g‘alabasi va Ronalduning goli?

— Ha, Ronalduning bu jahon chempionatida gol urganidan xursand bo‘lardim. Lekin eng katta quvonchim O‘zbekistonning g‘alabasi bo‘ladi, — dedi UFC vakili.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Portugaliya uchrashuvi 23 iyun kuni AQSHning Xyuston shahrida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Nursulton Ro‘ziboyev 27 iyun kuni Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tadigan UFC turnirida rossiyalik Andrey Pulyayevga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar