Fransishku Konseysau O'zbekistonning eng kuchli tomonini aytdi

  • Mr.NoBoDy 22.06.2026 15:40
  • 174
  • 30

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Fransishku Konseysau Jahon chempionati 2-turidagi raqib – O'zbekiston terma jamoasining eng kuchli jihati haqida gapirdi.

"Jarima maydonchasiga yetib borish va golli vaziyatlar yaratish – biz ustida ishlayotgan asosiy jihatlardan biri. Bu birinchi o'yinda odatdagidek chiqmadi. O'zbekiston – besh kishilik himoya chizig'iga ega va men yaxshi taniydigan italiyalik murabbiy boshqaruvidagi jamoa. Ularning eng kuchli tomoni himoya deb o'ylayman. Bizning vazifamiz esa vaziyatlar yaratish, jarima maydonchasiga kirib borish, darvozaga zarba berish va O'zbekiston himoyasini buzish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilishdir.

Ular juda zich va tartibli o'ynashadi, bizni qanday qiyinchiliklar kutayotganini tushunib turibmiz. Oldingi o'yinda qilgan xatolarimizni bilamiz va bu safar ularni takrorlamasligimiz kerak.

O'zbekistonga qarshi keyingi o'yinda g'alaba qozonishni istaymiz, chunki bu oldimizdagi bellashuv sanaladi, lekin albatta, keyingi maqsad Kolumbiyani ham mag'lub etish bo'ladi. Ushbu ikki o'yinda g'alaba qozonish uchun bizda etarli sifat bor. Ammo o'yindan o'yinga qadam bosamiz va hozir faqat O'zbekiston haqida o'ylayapmiz", dedi 23 yoshli futbolchi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar