
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enso Fernandes Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuentening bayonotiga izoh berdi.
«Qizil furiya» boshqaruvchisi o‘z jamoasi yarim himoya chizig‘ini «dunyodagi eng kuchlisi, boshqalardan ancha ustun» deb bilishini tan olgan edi.
«Bu shunchaki fikr. Men bahslarga kirishmoqchi emasman. Ispaniya yarim himoyasi dunyodagi eng kuchlilaridan biri, chunki u yerda ajoyib o‘yinchilar to‘p suradi. Kim yaxshiroq yoki kim yomonroq ekani haqida gapiradigan bo‘lsak, bu maydonda hal bo‘ladi», – deya Enso Fernandesning so‘zlarini keltiradi AlbicelesteTalk.
Argentina terma jamoasi bugun o‘z uchrashuvini o‘tkazadi — raqib Avstriya bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.