
Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq murabbiyi va futbolchisi Xavi Ernandes o‘zining sobiq jamoadoshi — argentinalik hujumchi Lionel Messi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Men Messini futbol olamidagi Maykl Jordan deb atashni yaxshi ko‘raman. Bu o‘yinda Lionelga teng keladigani yo‘q. U tarixdagi eng buyuk futbolchilardan ham o‘zib ketdi. Uning Jazoirga urgan gollariga emas, balki uning o‘yiniga va hozirgi formasiga e’tibor qarating. Unda hamon yuksak ambisiyalar bor», — deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi The Athletic.
Jahon chempionati guruh bosqichidagi ilk uchrashuvda Argentina Jazoir ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Albiseleste» safida urilgan barcha uchta gol 38 yoshli Messi hisobiga yozildi.