
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe terma jamoadagi sherigi Usmon Dembeleni tanqidlardan himoya qildi.
«Men o‘yinni ikki marta qayta ko‘rib chiqdim. Birinchi bo‘limda Usmon bizning to‘rtlik hujum chizig‘imizdagi eng yaxshisi edi. U barchadan ko‘ra yaqqolroq ajralib turgan futbolchi edi.
Ikkinchi bo‘limda men va Maykl Olise hal qiluvchi rolni o‘ynadik, ammo u ham o‘z hissasini qo‘shdi. U raqib e’tiborini o‘ziga tortdi va birinchi gol urilgan vaziyatda bo‘sh zona qoldirdi.
Usmon juda xotirjam, u «Oltin to‘p» sohibi, u barchaning ishonchidan foydalanmoqda. Ishonchim komilki, keyingi o‘yindan boshlab u yana oldinga siljiydi. U biz uchun asosiy futbolchiga aylanadi, bu aniq», – dedi Mbappe.
Turnirdagi ikkinchi o‘yinda fransiyaliklar Iroqqa qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 24 iyun kuni soat 02:00'da boshlanadi.