Vinisius Rafinyaning jarohatiga munosabat bildirdi

  • Mr.NoBoDy 20.06.2026 13:55
  • 175
  • 30

Braziliya terma jamoasi vingeri Vinisius Junior jamoadoshi Rafinya Diasning jarohati haqida fikr bildirdi. Futbolchi Jahon chempionati–2026 guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Gaitiga qarshi o‘yinda (3:0) shikastlanib, maydonni erta tark etgan edi.

«Jarohat olish har qanday vaziyatda og‘ir. Bu mavsumda u jarohatlar tufayli ancha qiynaldi. Umid qilamanki, jiddiy hech narsa yo‘q. Rafinya — biz uchun juda muhim futbolchi», — dedi Vinisius uchrashuvdan so‘ng.

Ikki turdan keyin Braziliya terma jamoasi 4 ochko bilan "C" guruhida peshqadamlik qilmoqda. Karlo Anchelotti shogirdlari guruh bosqichining so‘nggi turida Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 25 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar